Meksikaning Verakrus shtatidagi ommaviy qabrdan 240 kishining jasadi topildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gap asosan 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan har ikkala jinsdagi yoshlarning jasadlari haqida borayotganligi ta’kidlanmoqda.
Qazish ishlari hali yakunlanmagan. Ular yakunida yanada ko‘proq jasad topilishi mumkin.
Tergov qurbonlar narkoguruhlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)