Anqara Amsterdamga nisbatan “qattiqqo‘l sanksiyalar” qo‘llashni ma’lum qilganidan so‘ng, Gollandiya hukumati Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li samolyotining mamlakatga kirishiga ruxsatini bekor qildi. Bu haqda CNN Turk agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Chavusho‘g‘li 11-mart kuni Rotterdamga uchib ketishi kerak edi, biroq samolyot havoga ko‘tirilishidan bir necha soat oldin uning Rotterdam aeroportiga qo‘nishiga ruxsat berilmadi.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri telekanallardan birida Gollandiya uning parvozini bekor qilsa, Turkiya sanksiyalar qo‘llashini aytgandi.
Gollandiya mening parvozimni bekor qilsa, biz qattiqqo‘l sanksiyalarni qo‘llaymiz.Rotterdam shahri meri Ahmad Abutolib 8-mart kuni Mavlut Chavusho‘g‘li ishtirokidagi tashviqot mitingi shaharda bo‘lib o‘tmasligini ma’lum qilgandi.Mavlut Chavusho‘g‘li, Turkiya tashqi ishlar vaziri
2017-yilning 16-aprel kuniga Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi belgilangan. Unda hukumat boshqaruvi shaklini parlamentdan prezidentlikka o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan Turkiya siyosatchilari mamlakatdan ketib qolgan turkiyaliklar daldasini olish uchun Yevropa davlatlarida bir qator mitinglar olib borishga qaror qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)