Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 28-tur bellashuvlari “Yuventus” — “Milan” o‘yini bilan start oldi.
Turinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan ochilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘nggida Karlos Bakka muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
O‘yinning asosiy vaqtida darvozalarga boshga to‘p kiritilmadi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar milanliklar uchun omadsiz keldi. 93-daqiqada Suso maydondan chetlatilgan bo‘lsa, 97-daqiqaga kelib hakam mehmonlar darvozasiga penalti qo‘yib berdi. Uni aniq amalga oshirgan Paulo Dibala yakuniy natijani o‘rnatdi — 2:1.
A seriyada tur o‘yinlari yana uch kun davom etib, 13-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Latsio” — “Torino” bellashuvi bilan yakuniga yetadi.
Italiya A seriyasi 28-tur 10-mart, juma
Izoh (0)