2017-yil 28-fevral kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘limiga qarashli militsiya tayanch punkti inspektori pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Militsiya tayanch punkti inspektori “Jizzax Siti” kafesida sodir etilgan mayda bezorilik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlarni ijobiy hal etish uchun pora tariqasida 700 ming so‘m pul olayotgan vaqtda maxsus inspeksiya xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi birinchi qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 3-mart kuni Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “Jizzax Siti” kafesi hududida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi 25 nafar qiz va muqaddam sudlangan 30 nafardan ortiq shaxs borligi aniqlangan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)