Janubiy Koreya poytaxti — Seul markazida mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e’lon qilingandan so‘ng politsiya bilan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi. “Ryonxap” agentligining ma’lum qilishicha, allaqachon ikki kishi halok bo‘lgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Halok bo‘lganlardan biri — 72 yoshli erkak boshiga yetkazilgan ko‘p sonli shikastlanishlar tufayli halok bo‘ldi. Uning familiyasi Kim ekanligi ma’lum. Ikkinchi qurbon haqida hozircha ma’lumot mavjud emas.
Shuningdek, jurnalistlarga hujum qilinganligi ma’lum qilinmoqda. Jumladan, “Kiodo” yapon agentligi operatorining boshiga shikast yetgan.
Seulda sudning Pak Kin Xega nisbatan impichment haqidagi qarorini kutayotgan ikki — Pak Kin Xening tarafdorlari va unga qarshilarning norozilik namoyishi bo‘lib o‘tayotgan edi. Sud qarori e’lon qilingandan so‘ng namoyish ishtirokchilari o‘rtasida to‘qnashuv boshlanib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaviy sud korrupsiya bilan bog‘liq mojaro tufayli prezident Pak Kin Xega nisbatan impichment haqidagi qarorini tasdiqladi.
Izoh (0)