“Xabbl” kosmik teleskopi Orion buluti yoki Somon yo‘li tumanligi deb ataluvchi g‘aroyib hodisani kadrga muhrladi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”.
Orion buluti — galaktikamizda joylashgan, yulduzlararo gaz va chang to‘plami. U Yerdan 1600 yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Bu joyda doimiy ravishda yulduzlar hosil bo‘ladi, ba’zi issiq va yorqin yulduzlar birlashadi.
Orion bulutidagi yulduzlarning ko‘pchiligini Yerda turib oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin.
Izoh (0)