• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ekspert: elektron hukumat faoliyati samaradorligiga idoralararo elektron aloqalarning yaxlit tizimi yo‘qligi xalaqit bermoqda

    Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda, bugun “Elektron hukumat” degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda. Garchi respublika aholisining hammasi ham bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, vaqt o‘tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko‘rsatyapti.

    va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

    va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
    vazirligi matbuot xizmati

    Ta’kidlash joizki, “Elektron hukumat” atamasini an’anaviy hukumat tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga ko‘ra, mazkur tizim mamlakat miqyosida ma’muriy tartib-taomillarni avtomatlashtiradi, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga hamda ortiqcha sarf-xarajatlarning qisqarishiga zamin yaratadi.

    Imkoniyatlarni kengaytirish — asosiy maqsad

    Elektron hukumat faoliyati uch yo‘nalishda belgilangan, ya’ni “davlat — davlat”, “davlat — biznes” va “davlat — fuqaro” yo‘nalishlarini qamrab oladi. Bu tizim idoralararo darajada davlat muassasalari o‘rtasida axborot almashish samaradorligini hamda joylarda rejalashtirish va boshqaruvning sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik fikrini muntazam monitoring etib borish hamda unga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Davlat va biznes munosabatlarida esa ma’muriy tartib-taomillar avtomatlashtiriladi. Natijada biznesni ro‘yxatga olish, soliq hamda statistika hisobotlarini, bojxona deklaratsiyalarini topshirishda tadbirkorlarning vaqti va mablag‘i tejaladi. Elektron hukumat xalq bilan muloqot uchun qo‘shimcha mexanizmlarni yaratish, davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi hamda shaffofligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ijro-intizomini yanada mustahkamlaydi.

    Aytish kerakki, davlat boshqaruvi tizimiga “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish ham ustuvor vazifalardan sanaladi. 2013-yili mamlakatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi. Joriy yilning mart oyiga kelib esa ushbu portalda 308 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot (offlayn), yarim avtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv ko‘rinishlarda taqdim qilinyapti. Portal Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “ID.uz” identifikatsiya tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki axborot tizimlari hamda resurslariga, normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholash tizimi portaliga hamda “Tadbirkorlik” tizimiga ulangan. Hozirgi kunda “yagona darcha” axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga integratsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilyapti.

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular soni milliondan oshdi. Yana bir jihati, keyingi paytda portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ortgani ham murojaatlar ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Bugungi kunda 2400 dan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelyapti.

    Xorijda bu qanday yo‘lga qo‘yilgan?

    Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda juda ko‘plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga so‘rovlarga javoblar, turli to‘lovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni to‘ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o‘quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy sayt orqali o‘zining murojaati ko‘rib chiqilishi qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borishi mumkin.

    Hukumat — harakatda

    Har qanday mamlakatda milliy ma’lumotlar bazasi hamda elektron reyestrlar elektron hukumat faoliyatining asosiy jihatlari hisoblanadi. Bu mexanizmlar jismoniy va yuridik shaxslar, avtomobil transporti, ko‘chmas mulk, davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish imkonini beradi. Shuni bildirib o‘tish kerakki, O‘zbekistonda mazkur ma’lumotlarning markazlashgan holda saqlanishini ta’minlash “O‘zinfokom” zimmasiga yuklatilgan.

    Mamlakatda milliy axborot tizimlarini rivojlantirish doirasida oltita ma’lumot bazasi hamda 12 ta axborot tizimlari majmui yaratilmoqda. Deylik, “Soliq” axborot tizimlari majmui o‘nta dasturiy mahsulot va 31 avtomatlashtirilgan tizimdan iborat. Uning ishga tushirilishi natijasida Davlat soliq qo‘mitasining 31 xizmatini elektronlashtirish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, “Kliring”, “Xarid”, “Budjet”, “Bojxona”, “Litsenziya” hamda “Adliya” singari axborot tizimlari majmui ham mavjud bo‘lib, ular muayyan sohada ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash hamda xizmatlarning bir qismini elektronlashtirishga sharoit yaratmoqda. Qolaversa, “Sog‘liqni saqlash”, “Ta’lim”, “Kommunal” tizimlarini hayotga tatbiq etish arafasida turilibdi. Yaqin yillarda esa “Adliya-2”, “Nafaqa” va “Davlat boshqaruvi” tizimlarini ishlab chiqish rejalashtirilayapti. 2016-yilda tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazildi. “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish” hamda Milliy geoaxborot tizimlari borasida hali nuqta qo‘yilmadi.

    Sohadagi yana bir muhim yangilik. 2015-yilda Ochiq ma’lumotlar portali ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda unda sakkizta tashkilotdan 80 turdagi ma’lumot joylashtirilgan bo‘lsa, bugungi kunda mazkur portalda 120 ta tashkilotning 2216 xildagi axboroti o‘rin olgan. Bu axborotlar iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport va boshqa dolzarb sohalarga taalluqlidir.

    Qolaversa, 2013–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturiga muvofiq, elektron hukumatning samarali faoliyat yuritishi uchun yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Xususan, 2020-yilga qadar internet kanallarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yanada kengaytirish, keng polosali tarmoqlarni, ayniqsa, olis tumanlarda rivojlantirish bo‘yicha 17 ta yirik loyihaning amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2020-yilgacha fuqarolarning davlat organlari bilan elektron muloqotini ta’minlash hamda rivojlantirish bo‘yicha 22 ta loyiha ro‘yobga chiqariladi.

    Biznes uchun qulay

    Jahon bankining Doing business reytingida so‘nggi besh yilda O‘zbekistonning umumiy reytingi biznes yuritish bo‘yicha 150-o‘rindan 87-o‘ringa ko‘tarildi.

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, jumladan, belgilangan tartib-taomillarni buzganlik uchun shikoyat bildirish, tadbirkorni murojaat qiluvchining mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish maqsadida ro‘yxatga olish, muhandislik-kommunikatsiya texnologiyalariga ulanish uchun ariza berish, tadbirkorlik subyektlariga o‘zimizda ishlab chiqarilgan avtomobil transporti vositalarini xarid etish uchun ariza berish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish maqsadida arizani rasmiylashtirish singari xizmatlar joriy qilingan.

    2014-yildan boshlab eksport va import kontraktlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bepul ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Banklar, soliq hamda bojxona organlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali xo‘jalik subyektlarining tashqi savdo faoliyati monitoringini olib boryapti. Davlat bojxona qo‘mitasi saytida elektron yuk bojxona deklaratsiyalari qabul qilinmoqda. 2015-yilda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali ishga tushirildi va elektron savdo shakli amaliyotga tatbiq etildi. Masofaviy bank xizmatlari joriy qilinishi bilan 2016-yilda 1847569 nafar foydalanuvchi kredit olish uchun elektron ariza bilan murojaat etdi.

    Reyting mas’uliyatga undaydi

    BMT ekspertlarining fikricha, 2016-yilda O‘zbekistonda elektron hukumatning rivojlanish indeksi 0,5434 yoki eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan 54 foizni tashkil qildi. Bu O‘zbekiston elektron hukumat ravnaqi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirishiga zamin yaratdi (50 foizdan yuqori).

    BMTning iqtisodiy hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti 2016-yilda dunyoning turli davlatlarida elektron hukumatning rivojlanishi haqida navbatdagi hisobotini e’lon qildi. BMT uslubiyotiga binoan Elektron hukumatning rivojlanishi bo‘yicha indeksi asosida mamlakatlarning reytingi shakllantiriladi. Bu indeks uchta omil, ya’ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi, inson kapitali va elektron xizmatlar rivojidan iborat. Yana boshqa juda muhim ko‘rsatkich — elektron ishtirok etish indeksidagi o‘sish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur indeksga binoan, hukumatning fuqarolar, biznes subyektlari hamda davlat organlari o‘rtasida muloqotni rivojlantirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishiga baho beriladi, erishilgan natijalar o‘rganiladi.

    Yana bir diqqatga sazovor jihati, O‘zbekiston elektron ishtirok etish reytingida 24 pog‘ona — 2014-yilgi 71-o‘rindan 2016-yilda 47-o‘ringa ko‘tarildi. Ushbu indeksning o‘sish sur’atlari bo‘yicha respublika Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida esa uchinchi pog‘onani egalladi. BMT ekspertlari O‘zbekistonda uy-joy mulkdorlari shirkatlari portali, ochiq ma’lumotlar portali va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali ishga tushirilganiga e’tibor qaratgan. Ularning fikricha, bu sa’y-harakatlar davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash hamda xalq bilan muloqot amaliy mexanizmlarini joriy etish borasida ijobiy qadam hisoblanadi.

    Elektron hukumat rivojlanishi bo‘yicha O‘zbekiston indeksining o‘sishida elektron xizmatlar ko‘rsatish darajasi (56 foiz o‘sish bo‘lgan) muhim o‘rin tutdi. Lekin bunda AKT infratuzilmasi rivojlanishi bo‘yicha o‘sish u darajada yuqori bo‘lmadi (6 foiz). Ushbu indeks muqim va mobil telefon aloqasi abonentlari soni, aralash hamda simsiz keng polosali aloqa tarmog‘i, shuningdek, internetdan foydalanuvchi aholi soni asosida shakllantiriladi. 2016-yilda O‘zbekistonda internetdan muntazam foydalanadigan aholi ulushi 46,4 foizni tashkil qildi, keng polosali internetdan foydalanadiganlar soni esa, bor-yo‘g‘i, 1900000 kishiga yaqinni tashkil etdi. Inson kapitalining rivojlangan darajasi bo‘yicha indeks esa 3,5 foiz tushgan. Bunda yoshi katta kishilarning savodxonligi, aholining ta’lim tizimi bilan qamrab olinganlik darajasiga alohida e’tibor qaratilgan.

    Ish samaradorligini oshirishga nima xalaqit bermoqda?

    Elektron hukumat faoliyati samaradorligiga idoralararo elektron aloqalarning yaxlit tizimisiz erishib bo‘lmaydi. Mamlakatda haligacha Elektron hukumatni rivojlantirish dasturi doirasida tegishli vakolatli davlat organlarining tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish, ularga litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim qilishga oid ma’lumotlar bazasini integratsiyalash borasidagi vazifalar to‘liq ro‘yobga chiqarilmagan. Yer uchastkalari ajratish, qurilishga ruxsat berish, mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha tartib-taomillar interaktiv asosga o‘tkazilmagan. “Soliq”, “Bojxona”, “Litsenziya”, “Kommunal” axborot tizimlari majmualari “yagona darcha” tamoyilining barcha tartib-taomili o‘tishi mumkin bo‘lgan yagona platformaga birlashtirilmagan.

    Hozirgi paytda har bir idora ish yuritish hamda ma’muriy tartib-taomillar bo‘yicha alohida nizom va yo‘riqnomalar asosida faoliyat olib bormoqda. Afsuski, bu holatda ko‘plab muammolar yuzaga kelayotir. Bunday tartib ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlashni qiyinlashtirayapti, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, ruxsatnoma berish bosqichida murojaat etuvchining shaxsan hozir bo‘lishi va hujjatlarning asl nusxalarini topshirishi (ularning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish maqsadida) zarurligi davlat xizmatlarini masofadan turib ko‘rsatish samarasini yo‘qqa chiqarib yubormoqda.

    Bunday integratsiyalashmagan holatlar oqibatida takrorlash, “qisman” avtomatlashtirish hamda axborot resurslarining yopiqligi hosil bo‘lyapti. Oqibatda axborot tizimlari va resurslarini joriy etish hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi turmush sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatmayapti. Masalan, Doing Business — 2016 hisobotida “Qurilishga ruxsatnoma olish” bo‘yicha O‘zbekistonda 28 kun talab qiladigan qo‘shimcha 6 ta tartib-taomil borligi qayd etilgan. Natijada aynan mana shu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston 2011-yildagiga nisbatan quyi pog‘onaga pastlagan. Yer uchastkalari ajratish va qurilishga ruxsatnoma berish eng murakkab tartib-taomillardan biri bo‘lib qolayapti. Buni tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar ham tasdiqlaydi.

    Bugungi kunda respondentlarning 37,5 foizi biznes uchun yer olish-taomillarini salbiy baholaydi. Bu kayfiyat Buxoroda 50,3 foizni, Andijonda 48,6, Jizzaxda 38,4, Samarqandda 37,7, Namanganda 37,4, Toshkent shahrida 38 foizni tashkil qiladi. “Mulkni ro‘yxatga olish” yo‘nalishida ham mana shunday salbiy vaziyat ko‘zga yaqqol tashlanadi.

    Ustuvor yo‘nalishlar

    Aytish joizki, elektron hukumat faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanishni kengaytirish talab etiladi. Shuni unutmaslik kerakki, elektron hukumat faoliyatida ma’lumotlar muayyan davlat muassasasidan tashqariga chiqadi. Bu esa axborot xavfsizligi tizimini takomillashtirishni kun tartibiga qo‘yadi.

    Turli idoralar axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlikka o‘tilishi aynan elektron hukumatning shakllanish jarayoni sanaladi. Ushbu jarayonning markazida davlat organi emas, aynan foydalanuvchi turmog‘i lozim.

    2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida 2018–2021-yillarga mo‘ljallangan tegishli dastur ishlab chiqilishi belgilangan. Joriy yilning o‘zida “Litsenziya” portali ishga tushirilishi ko‘zda tutilyapti, notarial xizmatlar avtomatlashtiriladi hamda soddalashtiriladi. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha ruxsat beruvchi hujjatlarni bir xillashtirish davom ettiriladi. Davlat organlari xodimlari va aholining internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kompyuter savodxonligi oshirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi.

    Qisqasi, bu va boshqa dolzarb vazifalarning muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarilishi davlat xizmatlari soni hamda sifatini oshiradi, xalq bilan muloqotni yanada yangi, yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini beradi.

    O‘zbekiston iqtisodiy tadqiqotlar markazi materiallari asosida

    Qobil Xidirov tayyorladi

    10.03.2017, 11:14   Izoh (0)   5514
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi boshlandi

    10.03.2017, 10:56

    Artel’dan yangilik: Yevrostandart bo‘yicha vitrinali sovitgichlar

    10.03.2017, 09:00

    O‘zbekistonlik qizlar Qozon federal universitetidagi go‘zallik tanlovi g‘oliblariga aylandi

    10.03.2017, 08:33

    Qarshida 10 yoshli bolani o‘ldirib, Damas va seyfni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

    09.03.2017, 22:52

    8-martga o‘tar kechasi Farg‘onadagi xonadondan 2600 dollar va Gentra o‘g‘irlandi. Uch bosqinchining ikkisi — qizlar

    09.03.2017, 22:23

    Narimon Umarov qumqo‘rg‘onlik fuqaroga 100 ta tovuq uchun kredit olib berdi

    09.03.2017, 22:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zominda jarlikka tushib ketgan shaxs qutqarildi

    O‘zbekiston | 13 may, 21:05

    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi

    Reklama | 13 may, 21:00

    O‘zbekiston Kubogi. Toshkentdagi gollar shousida “Paxtakor” “Nasaf”ni mag‘lub etdi

    Sport | 13 may, 20:56

    Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomashinalar harakati uchun 2 kunga yopiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 20:50

    O‘zbekistonda anomal issiq bo‘ladi. Qanday xavflar bor?

    O‘zbekiston | 13 may, 20:40

    Jeki Chan xavfli tryuklarni mustaqil bajarishni qachon to‘xtatishini aytdi

    Kino | 13 may, 20:25

    Farg‘onada erkak xotini aliment to‘lamagani uchun ustidan arz qildi

    O‘zbekiston | 13 may, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.