Suriyadagi gumanitar vaziyat tezkor va qat’iy choralarsiz yomonlasha boradi, bugungi kunda 13,5 million suriyalik yordamga muhtoj. Bu haqda BMTning qochoqlar huquqlari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Hozirgi paytda bizda mavjud zaxiralar suriyaliklar ehtiyojini qondirish uchun mutlaqo yetarli emas”, — deydi u.
Komissarning ma’lum qilishicha, hozirgi paytda 13,5 million suriyalik xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj.
Grandi, shuningdek, mojaro davom etayotgan olti yil davomida 6,3 million suriyalik ichki ko‘chirilgan shaxslarga aylanganligi, 4,9 millioni qochoqlar toifasida ekanligi hamda uch millionga yaqin besh yoshgacha bo‘lgan suriyalik urushsiz hayot qanday ekanligidan bexabar ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)