O‘zbekistonda kompyuter va kibersport o‘yinlari assotsiatsiyasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda tashkilot vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi. Assotsiatsiya prezidenti etib Zaurxan Aliyev tayinlandi.
Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda kompyuter va kibersport o‘yinlarini jahon sport harakatining bir qismi sifatida rivojlantirish hamda mamlakat fuqarolarini axborot jamiyati hayotiga tayyorlashdan iborat.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda rasman kiberfutbol uyushmasi tuzildi
Bundan tashqari, kompyuter o‘yinlari bo‘yicha mamlakat terma jamoasini tuzib, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish, iqtidorli va mahoratli yoshlarni aniqlash rejalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)