Hindistonning Gujarot shtatidagi Gigasan qishlog‘ida yovvoyi Osiyo sherlari tufayli qiy-chuv ko‘tarildi. Bu haqda “Indiatvnews.com” xabar bermoqda.
Uchta yirtqich shoshilmasdan aholi yashash punkti chegarasidagi maydondan o‘tib, Gigasan ko‘chalari bo‘ylab sayr qildi. Taxminan, 10 daqiqalardan keyin ular qishloqni tark etdi.
Jonzotlardan vahimaga tushgan mahalliy aholi o‘z ishini tashlab, qochish orqali jonini saqlashga urindi. Gigasanda yashaydigan kishilardan biri xavfsiz masofadan sherlarni videoga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Mahalliy aholining taxmin qilishicha, yirtqichlar qo‘shni Girs qo‘riqxonasi – Osiyo sherlari saqlanib qolgan yagona joydan kelgan. Qo‘riqxona maydoni 312 ta jonzotni oziqlantirish uchun yetarlicha katta bo‘lmagani uchun ular boshqa joylarda yegulik izlashga majbur.
Izoh (0)