Vengriya bosh vaziri Viktor Orban migratsiyani terrorizmning “Troyan oti” deb atab, ayni damda muhojirlarning kamaygan holati vaqtincha ekanligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Migratsiya terrorizmning ‘Troyan oti’ hisoblanadi. Bizga ko‘chib kelayotgan odamlar bizning madaniyat va an’analarimizga binoan yashashni istamayapti”, — dedi Orban.
Bosh vazir, shuningdek, migratsiya masalasi unga sabab bo‘lgan holatlar yuzaga kelgan mamlakatlarda ushbu muammolar yechim topmagunicha hamda mazkur masala natijasida paydo bo‘luvchi xatarlar tan olinmaguncha saqlanib qolishini qayd etdi.
Vengriya bosh vaziri AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati tarafdorlaridan biri bo‘lib, u muhojirlarga mamlakatga kirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida Vengriyaning janubiy chegaralarida devor qurishni mo‘ljallamoqda.
Orban ko‘pchiligini musulmonlar tashkil etuvchi muhojirlar Yevropaning xristian diniga xos o‘zlik va madaniyatiga tahdid solishini ta’kidladi.
Izoh (0)