IMDb portali ayollar filmi uchun maxsus “F” reytingini joriy qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Mazkur reyting ayollar to‘g‘risidagi ijobiy voqealar, shuningdek, ayollar rejissorlik qilgan yoki ssenariysini yozgan filmlar uchun mo‘ljallangan.
IMDb asoschisi va rahbari Kol Nidemning ma’lum qilishicha, yangi reyting ekran va kadr ortidagi ayollarni birinchi o‘ringa olib chiqishning ajoyib yo‘lidir.
Reytingni qo‘lga kiritish uchun film amerikalik karikaturachi Elison Bekdel sharafiga nomlangan Bekdel testidan o‘tishi lozim. Kartinada kamida ikki nafar ayol personaj erkaklar haqida suhbatlashayotgan bo‘lishi zarur.
Yangi reyting hozirga qadar 22 ming film, xususan, “Brijit Jons kundaligi”, “Muzyurak”, “Poyezddagi qiz”, “Metropolis”, “Janoblar mallasochlarni ma’qul ko‘radi” filmlariga taqdim etildi.
Izoh (0)