Gruziya tog‘larida joylashgan Quadrum mehmonxonasi eski yuk konteynerlaridan qurilgan piramidaga o‘xshaydi. Loyiha muallifi bo‘lgan arxitektorlar Sandro Ramishvili va Irakliy Eristavi mehmonxona qurilgan Yuqori Gudauri kurortini ilhom manbai deb hisoblamoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Arxitektorlar mahalliy ishlab chiqarish asosidagi ekologik toza materiallardan foydalandi. Har bir xonadan tog‘larning go‘zal manzarasi ko‘rinib turadi.
Mehmonxona tog‘ sporti va yoga ishqibozlarini, shuningdek, odamlardan yiroqda dam olishni xohlovchilarni o‘ziga chorlamoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)