Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kiyim-kechaklar ichida hammaga mos tushadigan va har qanday vaziyatda ham kiyish mumkin bo‘lgan kiyimlar mavjud.

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Aslini olganda, haqiqiy to‘g‘ri bichimdagi jinsilarni sotib olishga anchagina vaqtingiz ketsa ham, natijasi bunga mutlaqo loyiq. To‘g‘ri bichim qomatingizni birmuncha uzun va nozik qilib ko‘rsatadi.

Klassik shakldagi lodochkalar hammaga mos keladi. Eng muhimi — lodochkaning tumshug‘i unchalik o‘tkir yoki uzun bo‘lmasligi, tuflining o‘lchami esa albatta o‘zingizga loyiq bo‘lishi shart. O‘rtacha balandlikdagi yoki pastroq poshnada kun bo‘yi charchoq his qilmasdan yurishingiz mumkin.

Krossovkalar allaqachon sport kiyimlari qatoridan kundalik uslubga o‘tishga ulgurdi. Hatto ba’zilar ularni kecha liboslari bilan ham kiyishmoqda.

1—2 juft universal uslubdagi krossovkalarni tanlang va ularni xohlagan kiyimlaringiz bilan kiyishingiz mumkin.

Yo‘l-yo‘l chiziqli maykalar garderobning universal bo‘laklaridan biri ekanligi sizni ajablantirishi tabiiy. Yo‘l-yo‘l chiziqlari sizni to‘la qilib ko‘rsatishidan qo‘rqmasdan, pidjak tagidan bemalol kiysangiz bo‘ladi.

Pidjaklar ham har qanday qomatga mos tushadi. Uni nozik va ixcham qilib ko‘rsatadi. Aynan erkaklar uslubidagi qora rangli emas, balki yumshoq va ochiq rangli pidjaklarni tanlaganingiz ma’qul.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi