O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Amudaryo orqali o‘tgan Turkmanobod — Farob avtomobil ko‘prigini ochib berdi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” xabar bermoqda.
Ochilish marosimi davlat rahbarlari yangi foydalanishga topshirilgan temir yo‘l ko‘prigi orqali yetib kelgan daryoning o‘ng qirg‘og‘ida bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov kortejlari zamonaviy estakada bo‘ylab harakatlandi.
Avtomobil ko‘prigining to‘rt polosali qatnov yo‘li eni 21,5 metrni tashkil etadi. Ikki tomonda 1,5 metrli yo‘lovchilar yo‘lagi o‘rin olgan.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida ko‘priklarda ochilgan harakatni kuzatdi. Ulardan biri orqali O‘zbekistondan temir yo‘l tarkibi kirib keldi. Ikkinchisidan esa karbamid, tekstil va boshqa mahsulotlar yuklagan avtomobillar O‘zbekistonga yo‘l oldi.
Izoh (0)