Oshxonadagi kichkina o‘zgarishlar ham uning qulayroq bo‘lishiga yordam beradi. Xo‘sh, buning uchun nimalar qilish mumkin?
Oshxona uchun chidamli “fartuklar”
Bo‘yalgan, g‘ishtli va panelli oshxona “fartuklar”i juda chiroyli ko‘rinsa ham yig‘ishtirish va tozalash ishlari boshlagandan so‘ng oshxona uchun haqiqatan ham chidamliroq “fartuklar” zarur bo‘lishini anglab yetasiz. Keramik plita, toblangan shisha yoki zanglamaydigan metall panellar bunga juda mos tushadi.
Chiqindi muammosi
Oshxona o‘rtasidagi katta chiqindi idishi juda yoqimsiz ko‘rinadi. Chiqindi idishi uchun eng mosi rakovina ostidagi joy hisoblanadi. Foydalanish oson bo‘lishi uchun idishni eshikning ichkari tomoniga osib qo‘ysa ham bo‘ladi.
Eng asosiysi — qulaylik
Ko‘pchilik internetda ko‘rsatilgan oshxonalarga juda havas qiladi. Lekin tabiiy marmardan qilingan stol usti, sovunli toshdan yasalgan rakovina, yog‘och pol kabi jihozlar juda nafis ko‘rinsa ham oshxona tozaligini saqlashda qiyinchilik tug‘diradi. Yaxshisi, ko‘rinishi o‘rtacha bo‘lsa ham o‘zingizga qulay bo‘lgan sharoit yaratganingiz ma’qul.
Kulrangni tanlang
Stol usti qora rangda bo‘lishi chiroyli ko‘rinsa ham, uni mukammal tozalikda tutish juda qiyin. Stol usti uchun eng yaxshi variant kulrang hisoblanadi.
Ixcham moyka
Moykani tanlashga aql bilan yondashish lozim. Birinchi navbatda materialning xossalariga e’tibor bering. Ba’zi moykalar issiq suv ta’sirida yorilib ketadi, ba’zilari esa tez tirnaladi, lekin siz eng ixcham va qulayini tanlang.
Izoh (0)