Mirobod tumanidagi xonadon qo‘riqlash pultiga ulanganligi sababli xitoylik fuqaroning mol-mulki o‘zgalar tomonidan o‘g‘irlab ketilishining oldi olindi, deb yozadi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 2017-yil 3-mart kuni soat 16:30 larda noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumanidagi xonadonlardan birining eshigi qulfini temir jism yordamida ochib kirib, Mirobod tumanidagi Huawei korxonasida ishlovchi, xitoylik fuqaroga tegishli qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘riqlash pulti signalizatsiyasi orqali qo‘riqlash pultiga “tashvish” xabari kelib tushgan.
Mirobod tumani 1-texnik qo‘riqlash pulti ekipaji — safdor A.A.Bektashev, safdor M.R.Yo‘ldashev va katta serjant A.A.Suyarqulov hamda otryad komandiri mayor U.G.Ortiqovning voqea joyiga zudlik bilan yetib borishi natijasida g‘araz niyatli shaxs voqea joyida, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
O‘zganing mulkiga ko‘z olaytirgan shaxs 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Shayxontohur tumani Uyg‘ur ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro ekanligi aniqlandi.
Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)