IShID terrorchilik guruhi yetakchilari jangarilarga zudlik bilan Mosulni tark etish va IShID nazorati ostidagi Rakkaga yo‘l olishni buyurdi. Bu haqda “As-Sumariya” telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Telekanalning ma’lum qilishicha, Rakkada joylashgan IShID rahbariyati “xalifalik armiyasi” — terrorchilarning Mosuldagi dala qo‘mondonligiga shaharni tark etish, shtab-kvartiralarni yo‘q qilib, jangarilarni safarbar qilish va imkon boricha tezroq Suriyaga qarab harakatlanish haqida buyruq berdi.IShIDning Iroqdagi “poytaxti” hisoblangan Mosulni ozod qilish bo‘yicha kampaniya 2016-yilning 17-oktabrida boshlangan edi. Yanvar oxirida Sharqiy Mosul hukumat nazorati ostiga o‘tdi, 19-fevral kuni esa bosh vazir Haydar al-Obodiy G‘arbiy Mosulga hujum boshlashga ruxsat berdi.
Izoh (0)