Malayziyada qo‘lga olingan Yamanning 4 nafar fuqarosi Kuala-Lumpurda Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a’zolariga nisbatan terrorchilik hujumi uyushtirishni rejalashtirgan. Bu haqda mamlakat milliy politsiyasi rahbari Xolid Abu Bakr ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Biz ularni nimadir qilishga ulgurishlariga qadar hibsga oldik. Yoshi 26 dan 33 gacha bo‘lgan chet elliklar aksilterror reyd davomida qo‘lga olindi. Ular orasida Malayziyadagi oliy o‘quv yurti talabasi bor, yana biri mahalliy restoranda oshpaz bo‘lib ishlaydi.Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Malayziyaga 26-fevral kuni ilk rasmiy tashrif bilan kelgandi.Xolid Abu Bakr, Malayziya milliy politsiyasi rahbari
Izoh (0)