Iroq bosh vaziri va mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Haydar al-Obodiy Mosul shahriga keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hukumat rahbari Mosulga shahar 2014-yilda IShID jangarilari tomonidan egallanganidan beri birinchi marotaba kelgani bildirilmoqda.
Alsumaria telekanaliga ko‘ra, Haydar al-Obodiy Mosulga shaharni terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha operatsiyaning borishi bilan shaxsan tanishish va kampaniyaga safarbar etilgan bo‘linmalar faoliyatini o‘rganish uchun tashrif buyurdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)