Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali yo‘lida bugun — 7-mart kuni “Bavariya” futbolchilari “Arsenal” bilan o‘yin uchun Londonga tashrif buyuradi.
Hakam: Tasos SidiropulosJarohatlar: Santi Kasorla (“Arsenal”) — Jerom Boateng (“Bavariya”).Diskvalifikatsiya: Filipp Lam (“Bavariya”).So‘roq ostidagilar: Muhammad Elneni, Mesut O‘zil, Aaron Remzi (hammasi “Arsenal”).O‘zaro o‘yinlar
Jadvaldan ko‘ringani kabi tomonlar bunga qadar 11 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 6 tasida “Bavariya”ning, 3 tasida “Arsenal”ning qo‘li baland kelgan. 2 uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbatidagi ustunlik “Bavariya” tomonidan — 22:12.
Bu qiziq!
“Arsenal” ketma-ket olti bor 1/8 finaldan chiqib ketgan. Hozir yettinchisiga yaqin turibdi.Hozirga qadar faqat uch klub 4 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lib, keyinchalik uy uchrashuvida kerakli g‘alabaga erishgan:- 1962-yil “Leyshoyesh” klubi “Sho-De-Fon” jamoasiga qarshi o‘yinda shunday baxtga erishgan.
- 1985-yil “Partizan” Londondan 2:6 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytib, o‘z maydonida “KPR” ustidan 5:0 hisobida zafar quchgan.
- 1986-yil “Real” Myonxengladbaxda 1:5 hisobida yengilib, Madridda 4:0 hisobida zafar quchgan.
- Bunda 2004-yilgi mavsum “Deportivo” amalga oshirgan ishni ham eslab ketish o‘rinli. O‘z maydonida “Milan”dan 1:4 hisobida yengilgan ispan klubi safarda 4:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
“Bavariya” “Arsenal”ni 1/8 finalda hozirga qadar uch bor qoldirib ketgan — 2005, 2013 va 2014-yillar.
“Arsenal” shu kunga qadar yevrokuboklarda Bundesliga jamoalari bilan 17 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 11 tasida zafar quchgan. 1 ta uchrashuvda durang qayd etilgan va 5 tasida nemislar g‘alabaga erishgan.
“Arsenal” pley-offning dastlabki uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan 11 holatdan faqatgina 2 tasida keyingi bosqichga yo‘l olgan. 1979-yil Xorvatiyaning “Xayduk”, 2010-yil esa Portugaliyaning “Portu” klublari birinchi uchrashuvda “Arsenal”ni yenggan, biroq keyingi o‘yinda maqsadiga yeta olmagan.
“Bavariya” Chempionlar ligasining safardagi 13 uchrashuvidan faqatgina 3 tasida zafar quchgan va 7 tasida imkoniyatni boy bergan.
“Bavariya” pley-off o‘yinlarining mehmondagi so‘nggi sakkiztasida zafar qucha olmadi: 4 ta g‘alaba va 4 ta durang. 2014-yilda klub “Arsenal”ni Londonda 2:0 hisobida mag‘lub etganidan buyon pley-offning safar o‘yinlarida omadi chopmaydi.
Xosep Gvardiola boshqaruvida “Bavariya” so‘nggi uch mavsum yarim finalda to‘xtagandi.
“Bavariya” so‘nggi besh mavsumda ingliz klublariga qarshi 18 ta uchrashuv o‘tkazdi. Safarda myunxenliklar 5 ta g‘alabaga erishgan, 8 bor durang o‘ynagan va 8 martasida mag‘lub bo‘lgan.
Izoh (0)