Ba’zilar oziq-ovqat mahsulotlarining xususiyatlariga yaxshi e’tibor bermasdan sotib olaveradi. Qaysi mahsulotlar semirishga va qaysilari ozishga yordam berishini ko‘pchilik bilmaydi. Biz semirishga olib keladigan oziq-ovqatlarning ba’zi turlari bilan tanishtiramiz.
Quruq nonushtalar
Ertalab siz yeydigan sog‘lom va tez tayyor bo‘ladigan bo‘tqa yoki yormalar deb ataluvchi nonushta tarkibi semirishga yordam beradigan shakar va tozalangan uglevodlarlardan tashkil topgan. Bunday nonushtadan keyin ko‘p o‘tmay yana qorningiz ochganini his qilasiz.
Butundonli non
Boshoqli donlardan qilingan har qanday non, unga “butundonli” deb yozilgan bo‘lsa ham sizning parhezingiz uchun zararli hisoblanadi.
Myusli
Myusli tarkibi to‘liq tabiiy mahsulotlardan iborat bo‘lsagina foydali va parhezli hisoblanadi. Hozirda myusli tarkibiga ko‘plab shakar, yog‘lar qo‘shiladi va nonushta uchun yetarli bo‘lgan miqdorni oshirishadi.
Yog‘sizlantirilgan yogurt
Yogurt sog‘lom ovqat hisoblanadi va bu haqiqatan ham shunday. Lekin yog‘sizlantirilgan yogurt emas. Gap shundaki, mahsulot hamma zararli yog‘lardan tozalangandan so‘ng, uning ta’mi yeb bo‘lmaydigan darajada yomonlashadi. Ishlab chiqaruvchilar bu muammoni bartaraf etish uchun har xil ta’m beruvchi qo‘shimchalar aralashtiradi.
Salatlar
Sabzavotlar – parhezda odamning eng birinchi do‘sti hisoblanadi. Lekin ularning faqat o‘zini yeyish mazali emas. Shuning uchun biz salat qilamiz. Bizning eng katta xatomiz ham ana shunda, chunki salatga qo‘shilgan qo‘shimchalar uni parhezlilik xususiyatini yo‘qotish uchun xizmat qiladi.
Izoh (0)