AQSh Mudofaa vazirligi hozirda IShID terrorchilik guruhi egallab turgan Rakka shahriga hujum rejasi Amerika qurolli kuchlarining Suriyadagi operatsiyalarda ishtirokini kengaytirishni ko‘zda tutadi. Bu haqda 4-mart, shanba kuni Washington Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, bunda maxsus topshiriqli qo‘shinlar qo‘shimcha kontingenti, jangovar vertolyot va artilleriya yuborish, shuningdek, IShIDga qarshi kurashayotgan kurdlar va boshqa mahalliy bo‘linmalarga qurol-aslaha va o‘q-dorilar yetkazib berilishi mumkin.
Pentagon mazkur ssenariyni Oq uyga taklif qilingan rejalardan eng maqbuli deb hisoblaydi, bundan tashqari, u ushbu yo‘nalishda Barak Obama ma’muriyati davrida joriy etilgan bir qator cheklovlarni kamaytirishni ko‘zda tutadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)