Futbol bo‘yicha JCh–2018 turniri tashkiliy qo‘mitasi rossiyalik xonanda Filipp Kirkorovning Sochi shahridagi “Fisht” stadionida ijro etgan qo‘shig‘i haqida hech narsa bilmaydi. Bu haqda “Rossiya–2018” tashkiliy qo‘mitasi bosh direktori Aleksey Sorokin ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bu ajoyib, ammo jahon chempionati madhiyasi haqida birinchi marta eshitishim. Filipp Kirkorov qanday qo‘shiq yozayotganidan xabarim yo‘q. Jahon chempionati madhiyasi yozilayotgani haqida bizga xabar kelib tushmadi. Agar JCh–2018 rasmiy madhiyasi haqida so‘z borayotgan bo‘lsa, buni kamida FIFAga ma’lum qilish kerak edi.Tashkiliy qo‘mita bosh direktorining qayd etishicha, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)da ham madhiya haqida hech narsa bilishmaydi.Aleksey Sorokin, “Rossiya–2018” tashkiliy qo‘mitasi bosh direktori
FIFA vakillari yaqindagina kelib ketgandi va bu haqda hech narsa muhokama qilinmadi.Avvalroq Filipp Kirkorov va Rossiya estradasining bir qator vakillari – Kristina Orbakayte, Sergey Lazarev, Denis Maydanov va boshqa ko‘plab artistlar JCh–2018 ning ehtimoliy madhiyasi klipi ustida ish olib borayotgani aks etgan video tarqalgan edi.Aleksey Sorokin, “Rossiya–2018” tashkiliy qo‘mitasi bosh direktori
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati 2018-yilning 14-iyun — 15-iyul kunlari mamlakatning 11 shahrida — Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Sochi va Yekaterinburgda bo‘lib o‘tadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)