Rossiyaning Astraxan shahrida ikki nafar katta sinf o‘quvchisi cho‘kayotgan bolalarni daryo irmog‘idan qutqarib oldi. Bu haqda FVVning Astraxan viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Dubrovskiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Xabarda qayd etilishicha, Babayevskiy nomidagi mikrorayonda sodir bo‘lgan hodisa haqidagi xabar qutqaruv xizmatiga 4-mart kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 da kelib tushgan. 10 yoshli aka-singil Sennoy daryosi irmog‘idagi muz ustida o‘ynayotgandi, biroq muz ularni ko‘tara olmadi va bolalar suvga sho‘ng‘idi.
Jabrlanganlarning tengdoshlari voqea guvohiga aylandi. Ular yaqin oradagi uylar oldiga yugurib bordi va oynalarni taqillatib, yordam so‘radi.
Cho‘kayotgan bolalarga o‘smirlar yordam berdi. 27-maktabning 8 va 9-sinf o‘quvchilari Sergey Isayev va Nikita Vostrikov muzday suvga tushdi va bolalarni chiqardi, keyinroq o‘zlari ham suvdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Aka va singil shifoxonaga yetkazildi.Qutqarilgan bolalar va maktab o‘quvchilarining ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.Dmitriy Dubrovskiy, Astraxan viloyati FVV hududiy boshqarmasi boshlig‘i
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)