Xitoyning Suchjou shahridagi daryo ustidan o‘tgan Londonning “Tauer” ko‘prigi nusxasi 2012-yilda qurilgan, biroq uning suratlari internetda virusli tarzda tarqalishni boshlaganidan so‘ng, oradan besh yil o‘tib G‘arb nashrlari e’tiboriga tushdi, deya xabar bermoqda TJournal.
Xitoydagi ko‘prikning Londondagisidan asosiy farqi — minoralar soni ikkita emas, to‘rttaligi, shuningdek, yo‘lning kengroq ekanida. Shu sababli ham Xitoyning ba’zi nashrlari Suchjoudagi inshootning Londondagi asl nusxadan ham yaxshiroq, deb ta’riflagan.
Biroq ko‘prik nusxasini qoralaganlar ham yo‘q emas. Ba‘zilar ko‘prikni plagiat deb hisoblagan bo‘lsa, boshqalar esa uni Xitoy va Suchjou madaniyatiga hurmatsizlik deb atadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)