Gollivud aktyori Tom Xenks AQSh prezidenti qarorgohi — Oq uyda faoliyat olib boruvchi jurnalistlarga qahva qaynatgich sovg‘a qildi. Bu haqda The Guardian nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
San’atkor bunday sovg‘ani birinchi marta berayotgani yo‘q. An’ana 2004-yilda, AQSh prezidenti kichik Jorj Bush ekanligida boshlangan.
Bu safar Xenks sovg‘aga sevimli yozuv mashinkalaridan birida yozilgan qaydni ham ilova qildi. “Oq uy jurnalistlar guruhiga. Haqiqat, Adolat va Amerika yo‘li uchun yaxshi kurashni davom ettiring. Ayniqsa, Haqiqat uchun!”, — deyiladi maktubda.
Sovg‘aga amerikalik harbiylarning surati ham ilova qilingan.
2016-yilgi prezidentlik kampaniyasi davomida Xenks sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatladi. U, shuningdek, hozirgi davlat rahbari Donald Trampni bir necha bor tanqid qilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)