Osiyo Chempionlar ligasining 2017-yilgi mavsumi guruh bosqichini ketma-ket ikki mag‘lubiyat bilan boshlagan Toshkentning “Bunyodkor” klubi himoyachisi Akrom Komidov “Maydon.uz” nashriga intervyu berib, fe’l-atvorini o‘zgartirganiga oydinlik kiritdi.
“Al Ayn”ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olib, jamoamni qiyin ahvolga solib qo‘ydim. Buni tan olaman. Aynan shu qizil kartochka tufayli “Bunyodkor” mag‘lub bo‘ldi, deb hisoblayman. Buning uchun jamoadoshlarimdan va muxlislardan uzr so‘rayman. Bu menga qattiq ta’sir qildi.Toshkentda kechgan “Al-Ayn”ga qarshi uchrashuv “Bunyodkor”ning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakuniga yetgan bo‘lib, shundandan keyin bosh murabbiy Sergey Lushchan Akrom Komilovni yechinish xonasidan topa olmagani uchun undan xavotirda ekanini ma’lum qilgandi.Akrom Komidov, “Bunyodkor” a’zosi
Ikki o‘yinda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik va buni o‘zimiz ham bilamiz. Murabbiylar buni tushuntirishayapti.Futbolchi Sardor Rashidovning Lushchan haqida aytgan fikrlariga qaramay, “Bunyodkor” a’zolari u bilan yaxshi aloqada ekani haqida ham aytib o‘tgan.Lekin bu vaqtinchalik ekaniga ishonaman. Biz hammasini to‘g‘irlaymiz. Shunchaki, bizga biroz vaqt kerak, mavsum endi startga kirdi.
Akrom Komilov, “Bunyodkor” a’zosi
Rashidov bilan barchamiz yaxshi munosabatdamiz. U bilan gaplashib turamiz. Bizda unga nisbatan hech qanday reaksiya bo‘lgani yo‘q.Vaziyatni jurnalistlar ko‘pirtirib yuborgan ko‘rinadi. To‘g‘risi, bunga jiddiy e’tibor bermadik. Uning gapi bizning munosabatlarimizga ta’sir qilmaydi. Men intervyuni o‘qimaganman ham.
Akrom Komilov, “Bunyodkor” a’zosi
“Al-Ayn”ga qarshi uchrashuvdan keyin jurnalistlar Akrom Komilov o‘zini qachon o‘zini bosib oladi qabilida savol bergandi. Futbolchi shu masalaga ham javob qaytardi.
Men endi o‘zgardim va bundan keyin qizil kartochka olmaslikka o‘zimga so‘z berdim. Yana bir bor o‘sha o‘yin uchun muxlislardan uzr so‘rayman.Akrom Komilov, “Bunyodkor” a’zosi
Izoh (0)