Turkiya qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general Xulusi Akar Suriya shimolida “Frot qalqoni” operatsiyasi doirasida qo‘yilgan maqsadlarga erishilgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“El-Bab ustidan nazorat o‘rnatilgach, biz mintaqadagi muhitni normallashtirishga va mahalliy aholining o‘z uylariga qaytishini tezlashtirishga harakat qilamiz”, — dedi harbiy xizmatchi.
General Akar Suriya shimoliga joylashtirilgan harbiy qismlarni nazoratdan o‘tkazdi. U mintaqa IShID terrorchilik tashkiloti jangarilaridan ozod etilganini ta’kidladi va operatsiya “xalqaro me’yorlar bilan tartibga solinmagan harbiy nizo sharoitlarida o‘tkazilgani”ni aytdi.
El-Babning qo‘lga olingani haqida Turkiya Bosh shtabi boshlig‘i 16-fevralda e’lon qilgan edi. Bir haftadan so‘ng Suriyaning muxolifat qurolli qismlari shaharning IShIDdan to‘liq ozod etilganini xabar qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)