Yaman janubidagi Zinjibar shahrida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Minalashtirilgan avtomobil 24-fevral, juma kuni ertalab Nayda harbiy lageriga kirishdagi nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida portladi.
Shundan so‘ng xavfsizlik kuchlari xodimlari va lager hududiga o‘tishga harakat qilgan jangarilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi.
Mazkur hodisa uchun javobgarlikni hozircha hech bir terrorchi guruh zimmasiga olmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)