Sergey Lushchan boshchilik qilayotgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasida salkam 400 daqiqadan buyon gol urmaydi. “Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, “qaldirg‘ochlar”ning golsiz seriyasi 4 ta o‘yinga yetgan.
2017-yil hisobidan “Bunyodkor” 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Qatarda “Al-Jaish”ga asosiy vaqtda ham, penaltilar seriyasida ham gol ura olmadi. Keyin guruh bosqichining ilk turini Saudiyada o‘tkazib, “Al-Ahli”dan 0:2 hisobida yengildi.
“Bunyodkor” 2016-yilgi mavsumning so‘nggi ikki turini ham golsiz o‘tkazgan. Qatarning “Lahviya” jamoasi bilan ketma-ket ikki bor to‘qnash kelgan Sergey Lushchan shogirdlari o‘yinlarning birida 0:0 hisobida durang o‘ynagan, ikkinchisida 0:2 hisobida yengilgan.
Toshkent klubi Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinni 28-fevral kuni o‘z maydonida Amirliklarning “Al-Ayn” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)