Lenovo smartfonlar bozorida yagona brenddan foydalanish va Vibe, Motorola kabi boshqa nomlardan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning Sharqiy Yevropadagi mobil bo‘linmasi ijrochi direktori Aleksey Klochkov ma’lum qildi, deya xabar beradi 3Dnews.
“Yangi Lenovo moto smartfonlari joriy yil 26-fevralda taqdim etiladi. Kompaniyada noutbuklarning model qatorlarini nomlash uchun Yoga, ThinkPad kabi alohida brendlar mavjud, biroq smartfonlarda bunday umumiy nomlanish bo‘lmagan. Lenovo moto bu bo‘shliqni to‘ldiradi”, — deydi Aleksey Klochkov.
Mobile Research Group tahlilchisi Eldar Murtazin ikki brend — Lenovo va Motorola birlashtirilishini yoqlamadi. Uning fikricha, Motorola ixlosmandlari “haqiqiy” Motorola bo‘lmagani uchun Lenovo moto smartfonlarini xarid qilmaydi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)