Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz boshladi. Saudiyada mamlakat chempioni “Al-Ahli”ga qarshi saf tortgan Sergey Lushchan jamoasi 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvdagi har ikki gol “Bunyodkor” himoyachilarining xatosidan so‘ng kiritildi. Birinchisida Akrom Komilov, ikkinchisida Rustam Ashurmatov to‘pni raqibiga oldirib qo‘ydi. “Al-Jaish”ga qarshi o‘yinda Sardor Rashidovni “yeb qo‘ygan” Dilshod Ahmadaliyev esa bu safar bir marta ogohlantirildi.
Mavzuga oid: O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi
Ma’lumot uchun, “Al-Ahli” yangi yil arafasida Ispaniya chempioni “Barselona” bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, raqibi darvozasiga 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
“C” guruhidagi ikkinchi o‘yinda Amirlik va Eron klublari o‘zaro durang o‘ynadi. “Al-Ayn” Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi mavsumida finalga qadar yetib borgandi.
Osiyo Chempionlar ligasi “C” guruhi. 1-tur 21-fevral, seshanba
“Al-Ahli” (Saudiya) — “Bunyodkor” (O‘zbekiston) 2:0
Gollar: Umar As-Somah, 13 (1:0). Salmon Al-Moasher, 53 (2:0).“Bunyodkor”: Murod Zuhurov — Dilshod Ahmadaliyev, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Dushan Michich, Javlon Ibrohimov, Otabek Shukurov (Alisher Sanoyev, 61), Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov (Javohir Esonqulov, 71), Shahzod Nurmatov (Vadim Chemirtan, 56).
Izoh (0)