Xalqaro hamjamiyat KXDRni Kim Chon Namning o‘limi uchun mos ravishda to‘lov to‘lab qo‘yishga majbur qilishi kerak. Bu haqda Koreya Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi majlisida prezident vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Shimoliy Koreyani mos qiymatni to‘lashga majbur qilish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirish kerak”, — dedi u mas’ul muassasalarga barcha manfaatdor mamlakatlar bilan aloqalarni kuchaytirish uchun buyruq berganini ta’kidlar ekan.
KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Nam o‘limining rasmiy sababi haligacha oshkor etilmadi. Malayziya politsiyasi toksikologiya ekspertizasi natijalarini olish uchun muayyan vaqt talab etilishini qayd etmoqda. Ayni paytgacha politsiya to‘rt kishini, shu jumladan, Kuala-Lumpur aeroportida Kim Chon Namga hujum uyushtirilgan vaqtda kuzatuv kameralari obyektiviga tushib qolgan ikki qizni hibsga oldi.
Izoh (0)