Afg‘oniston shimolida o‘tgan sutka mobaynida sovuq tufayli 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Juzjon viloyatining Darzob okrugi rahbari Rahmatulloh Hasharga ko‘ra, qalin qor va sovuq tufayli okrugda 5 nafar cho‘pon muzlab qoldi.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Aziz Aymoqning ma’lum qilishicha, yana 5 kishi qo‘shni Saripul viloyatida noqulay ob-havo qurboniga aylandi.
Badaxshon viloyatida esa sovuq 4 kishining umriga zomin bo‘ldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)