“Tvin Piks” serialida doktor Uill Xayvard rolini ijro etgan aktyor Uorren Frost uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Hollywood Reporter nashri ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Bugun qayg‘u bilan qadrli otamizning vafoti haqida ma’lum qilamiz”, — deydi uning o‘g‘li va serial ssenariysi muallifi Mark Frost.
Nashrning ma’lum qilishicha, aktyor 17-fevral, juma tongida Vermont shtatining Middlberi shahridagi uyida vafot etgan.
Aktyor mashhur serialning 30 ta epizodida rol ijro etgan. Uning personajini joriy yilning may oyida chiqadigan serialning davomida ko‘rish mumkin bo‘ladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)