Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Donald Tramp tomonidan imzolangan migratsiya bo‘yicha farmonni “butun millat uchun haqorat” deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Bu biror marta terrorchilik harakatini amalga oshirmagan millat uchun haqorat bo‘ldi. Siz amerikaliklarga qarshi teraktlarning birortasini ham uyushtirgan eronlikni topa olmaysiz”, — dedi Zarif CNN telekanaliga bergan intervyusida. U Eron 11-sentabr voqealaridan boshlab barcha teraktlarni qoralaganini qo‘shimcha qildi.
Zarif, shuningdek, eronlik muhojirlar AQShdagi eng o‘qimishli va muvaffaqiyatlilaridan birlari ekanligini ta’kidladi.
“Tahdidlar va haqoratlar Eron xalqini birlashtiradi, ularning o‘z davlatini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatadi”, — dedi u.
Izoh (0)