2016-yilda ayollar shlyapalari eng zamonaviy aksessuar sifatidagi o‘rnini mustahkam egalladi. Bunda qanday shlyapa tanlash borasida qat’iy qoidalar yo‘q. Dizaynerlar bu boradagi tanlovni har birimizning shaxsiy did va fantaziyamizga havola etmoqda. Biroq shlyapaning tashqi ko‘rinishga ideal darajada mos bo‘lganini tanlashga e’tibor qaratish lozim.
Shlyapa tanlay turib, bir nechta qoidalarni yodda tuting:
- Shlyapa bo‘yingizga mos bo‘lishi, ya’ni bo‘yingiz qancha past bo‘lsa, bosh kiyimingiz ham shuncha kichik bo‘lishi kerak;
- agar yuzingiz ozg‘in bo‘lsa, keng shlyapa, yumaloq yuz uchun esa chetlari biroz qayrilgan shlyapa tanlashni tavsiya etamiz;
- shlyapa rangi boshqa aksessuarlar: qo‘lqop, sharf, sumka bilan uyg‘unlik hosil qilishi lozim;
- fetr shlyapa palto bilan ideal darajada mos tushadi, kurtkalar bilan emas;
- shlyapalar o‘lchamga ega, shuning uchun uni xarid qilishga chiqishdan avval bosh aylanangizni o‘lchab oling.
Dizaynerlar joriy mavsumda qora, kulrang yoki sarg‘ish modellarni tanlashni tavsiya qiladi. Shuningdek, yangi mavsumda to‘q qizil rangdagi shlyapalar ham urfda. Ochiq ranglarni xush ko‘ruvchilar och pushti va nafis havo rangdagi bosh kiyimlarni tanlashi mumkin. Shlyapa materialiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u sifatli — fetr, zamsh yoki paxta bo‘lishi lozim.
Izoh (0)