Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliyalik hakam Mark Klattenburg faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi, deb yozdi “Sports.ru”.

Klattenburg Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasida hakamlar qo‘mitasini boshqarib boradi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Avvalroq bu lavozimda hakamlik faoliyatini yakunlagan boshqa bir ingliz Hovard Ueb ishlab ko‘rgandi.

Qayd etish kerak, Mark Klatterburg 2016-yil yakunlariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbol hakami deb topilgandi. O‘tgan mavsumda u Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa chempionati kabi yirik musobaqalarning final uchrashuvlarini boshqarib borgandi.

Klattenburgning shartnomasi qanchaga mo‘ljallangani va u o‘z ichiga nimalarni olishiga oydinlik kiritilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda