Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

KXDRning Malayziyadagi elchixonasi Kim Chon Namning jasadi ustida qo‘shimcha tahlillar o‘tkazilishiga qarshi chiqdi va jasad yorib ko‘rilganidan so‘ng darhol topshirilishini talab qildi, deb yozadi “TASS”. Ammo Malayziya rasmiy shaxslari bunday so‘rovni rad etdi.

Foto: “Medialeaks.ru”

Foto: “Medialeaks.ru”

New Straits Times nashrining hukumatdagi manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR elchixonasi xodimlariga “jasadda o‘ldirib ketish belgilari borligi sababli, qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurati” haqida aytilgan. Xususan, marhumning qoni, siydigi, hujayralari, to‘qimalari eskpertizadan o‘tkaziladi. Namunalar allaqachon Malayziya ilmiy universitetining kimyo bo‘limiga yuborilgan. Natijalar kamida yetti kundan so‘ng ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, politsiyadagi manba sud-tibbiy ekspertiza chog‘ida “notabiiy izlar”, masalan, ukol izlari topilmaganini aytdi.

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namning Janubiy Koreya hukumati qo‘li ostidagi barmoq izlari namunalari 13-fevral kuni Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida vafot etgan odamning barmoq izlari bilan mos tushgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Birinchi ziyoratchilar 2023-yilgi haj ziyoratini ado etish uchun Toshkentdan Madinaga uchib ketdi (foto) 
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari