Xitoyning Xarbin shahri hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar Amur yo‘lbarslarining semirib ketganiga e’tibor qaratdi. Yirtqichlarda yuz bergan bunday jismoniy o‘zgarishning aniq sababi noma’lum. Bu haqda, Metro nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.
Hayvonot bog‘i xodimlari yo‘lbarslardagi jismoniy o‘zgarishlarni qishki mavsum bilan bog‘lagan. Qishki mavsumda hayvonlar xuddi ayiq kabi semiradi. Hayvonot bog‘i vakillari bahorda ortiqcha vazn yo‘qoladi, deb hisoblamoqda.
Biroq hayvonlar muhofazasi bo‘yicha xalqaro tashkilot — Born Free Foundation prezidenti Uil Traversning aytishicha, yo‘lbarslar uchun bunday vazn noodatiy, ularga shoshilinch yordam ko‘rsatish zarur.
Uning fikricha, bu o‘zgarishlar noto‘g‘ri ovqatlanish, hayvonlarga yomon munosabat va hayotning og‘ir sharoitlari haqida dalolat beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)