AQSh yetakchisi Donald Tramp Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga fikr bildirishda ehtiyot bo‘lishni maslahat berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
“U ehtiyot bo‘lgani yaxshiroq”, — dedi Tramp, Ruhoniyning: “Islom respublikasiga nisbatan tahdid ohangida gapirayotganlar bundan afsus chekadi”, degan so‘zlariga izoh berar ekan.
Hasan Ruhoniy 10-fevral, juma kuni Eronda Islom inqilobining 38 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ommaviy namoyishlar chog‘ida shunday bayonot bergan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)