Nokia qurilmalarini bozorda olg‘a surish bilan shug‘ullanuvchi HMD Global kompaniyasi N seriyasidagi qurilmalarni ishlab chiqarishni qayta boshlamoqchi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Xitoyning Baidu resursi ta’kidlashicha, ularni Barselonada 26-fevralda bo‘lib o‘tadigan MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etishlari mumkin.
2011-yilda kompaniya Nokia N9 smartfonini, 2015-yilda esa Nokia N1 planshetini chiqargandi. Microsoft bilan oldi-sotdidan keyin Nokia 2016-yil oxirigacha o‘z brendi ostida smartfonlar chiqarish huquqiga ega bo‘lmagani tufayli, N seriyasini qayta tiklashga boshqa harakat qilinmagan edi.
Endi esa yangi Nokia N qurilmalari chiqarilishini bilvosita tasdiqlovchi tasvir tarqaldi. Ushbu qurilmalardan kamida bittasi Qualcomm Snapdragon 6xx protsessori bazasida ishlaydi, demak, bu o‘rta yoki yuqori segment devaysi bo‘ladi. Kompaniya jami 500 mingtachaga N seriyasidagi qurilmalarni yetkazib bermoqchi.
Izoh (0)