Eron chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar 21-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keldi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Server Jeparovning “Istiqlol”dagi faoliyati yarim yilga cho‘zilgach, klub uni “Sepaxon” klubiga ijaraga bergandi. Mazkur jamoa o‘z maydonida so‘nggi o‘rinni egallab turgan “Mashinasozi”ni qabul qildi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mehmonlar tarkibida o‘zbekistonlik Aziz Ibragimov to‘p surdi.
Qo‘lga kiritiladigan ehtimoliy g‘alaba “Sepaxon”ni turnir jadvalida 1-o‘ringa olib chiqishi mumkin edi. Biroq Jeparov jamoadoshlari buning uddasidan chiqa olmadi. Qayd etish kerak, Jeparov tashrifiga qadar “Sepaxon” birorta ham uchrashuvda yirik mag‘lubiyatga uchramagandi.
“Mashinasozi” esa Ibragimov tashrifidan so‘ng mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 13 taga yetkazib oldi. Jamoa qiyin ahvolda ekani bois, o‘zini o‘nglab olish biroz qiyinroq bo‘ladi.
Eron Pro ligasi 21-tur 9-fevral, payshanba
Izoh (0)