Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal kelajakda “Qirollik klubi” prezidenti bo‘lish uning orzusi ekani haqida to‘xtalib o‘tdi.

foto: Thehindu.com

foto: Thehindu.com
Nimalar bo‘lishini oldindan bila olmaysan. Futbolni sevishimni, “Real” esa mening jamoam ekanini hamma biladi. Hozir mavridi bo‘lmasa ham aytishim kerakki, men klub prezidenti bo‘lishga yo‘q demagan bo‘lardim.

Nima bo‘lgan taqdirda ham hozir bizda a’lo darajadagi prezident bor va biz o‘z maqsadlarimiz sari odimlamoqdamiz. Bunda mening “Real”ga kerakli joyim bor deb o‘ylamayman.

Rafael Nadal, tennis yulduzi

Madrid superklubi o‘yinlaridagi pasayishga qaramay, hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani uzaytirish niyatida, deb yozdi “Sports.ru”. Klub fransiyalik hujumchi bilan 2021 yoki 2022-yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim tuzish istagida.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2014-yil “Real” Karim Benzema bilan 2019-yilning iyuliga qadar bo‘lgan shartnoma imzolagan bo‘lib, hujumchining maoshini yiliga 5 million yevrodan 8 milliongacha oshirib bergandi.

Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsum hisobidan Ispaniya chempionatida 15 ta o‘yinda ishtirok etdi va 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, 2 ta golli uzatma berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Mahalliy
Foto: Turkiya prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev
Salomatlik
Hamma bilishi kerak: umurtqa pog‘onasi churrasi borligidan darak beradigan 3 ta belgi