2012-yildan beri Marsni tadqiq etayotgan Curiosity roveri sayyoradagi qumtepalarning suratlarini yo‘lladi, deya xabar bermoqda Meduza. “Sayyoralar hamjamiyati” tashkiloti xodimlarining qayd etishicha, Marsdagi qumtepalarni birinchi marta bunchalik yaqindan tomosha qilish imkoni paydo bo‘ldi. Endi olimlar sayyoraning bu qismidagi shamollar yo‘nalishini o‘rganishlari mumkin — bu yerda shamol qo‘shni hududlarga nisbatan o‘zgacharoq esadi. Keyinchalik rover qumdan namuna olib, uning tarkibini aniqlashi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)