Makiyajdan oldin ishlatiladigan kosmetik vositalar yuz terisidagi tonal vosita tuzata olmaydigan kamchiliklarni bartaraf etishi mumkin.
Shuning uchun toniklar, tozalovchi va namlovchi kremlarga sarf qiladigan mablag‘ingizni ayab o‘tirmaganingiz ma’qul.
Hamma makiyaj ham baribir parvarish qilingan, namlangan va sog‘lom terining holatiga bog‘liq ravishda mukammal bo‘la oladi.
Har doim yoshga va terining turiga qarab kosmetik vositalardan foydalanish zarur.
Makiyaj tagidan ishlatiladigan vositadan oldin yuz terisiga namlovchi krem suring. Birozdan so‘ng yengil harakatlar bilan yupqa qatlamda makiyajdan oldingi vositani qo‘ying.
Terisi yog‘li bo‘lgan yuzlarga asos ustidan upa yoki yaltiramaydigan tonal kremi surish yetarli.
Juda quruq yuzlarga avvalo oziqlantiruvchi, uning ustidan esa namlovchi krem surilgandan keyingina makiyaj tagida qoluvchi asosni ishlatish mumkin.
Kosmetika do‘konlaridan tarkibida uch xil: ham namlantiruvchi, ham tonal komponentli va ham quyosh nuridan himoya qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan vosita sotib olishingiz mumkin.
Izoh (0)