2017-yil 3-fevral kuni Buxoro davlat universitetida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘shma majlisda viloyat davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S. Qurbonqulov ochib berdi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.
Izoh (0)