“O‘zbektelekom” kompaniyasi 2-fevraldan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet xizmatlari tarifi 1 Mbit/sekund uchun 86,11 dollarga tushirilganini ma’lum qildi.
Bu yilning o‘zida tariflar to‘rtinchi marta arzonlashtirildi. Tariflar 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/sekund uchun 91,07 dollar, 6-yanvardan 87,57 dollar, 10-yanvardan 86,85 dollar va 2-fevraldan 86,11 dollarga tushirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda tariflar 12 marta tushirilgan edi. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha 1 Mbit/sekund uchun 156,24 dollardan 91,50 dollargacha arzonlashtirilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)