Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Reks Ueyn Tillersonni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi lavozimiga rasman kirishganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: AP

Foto: AP

Tabrik maktubida Reks Tillersonning yangi lavozimdagi faoliyati tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni barqaror rivojlantirish va chuqurlashtirishda har tomonlama ko‘mak berishiga ishonch bildirilgan.

“O‘zbekiston kelgusida ham Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamfikrlilik, o‘zaro hurmat va foyda, bir-birining manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asoslangan har taraflama hamkorlikni rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya va gumanitar sohalardagi mustahkamlanib borayotgan sherikchilikni har tomonlama rag‘batlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari yuzasidan konstruktiv muloqotni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashga qat’iy ahd qilgan”, — deya ta’kidlanadi maktubda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi